XtGem Forum catalog

"Paxtakor" jamoasi a'zosi hamda hozirda Toshkentda o'tayotgan o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionatida qatnashayotgan terma jamoamiz sardori Abbosbek Mahsitaliyevning chempionat davomida ko'rsatayotgan o'yinlari barchaga ma'qul kelmoqda. O'smirlar o'rtasida Osiyo chempionatiga qiziqishlar ham juda katta. Yurtimizga ko'plab selektsionerlar tashrif buyurgani buni yaqqol dalili. O'zbekistonga nafaqat Osiyodan balki Yevropadan ham selektsionerlar tashrif buyurgan. Chempionat.uz saytining xabar berishicha saytning blogerlaridan biri T.Bakirxo'jayevning o'z blogida Fransiyaning "Monako" jamoasi selektsioner murabbiyi Edem bilan suhbatlashganini yozib o'tgan. "Terma jamoamizning qaysi futbolchisi sizga ma'qul keldi"- degan savoliga Edem quyidagicha javob bergan "-Terma jamoangiz sardori Abbosbek Mahsitaliyevning ko'rsatayotgan o'yini ma'qul bo'lmoqda" deya javob bergan. Bundan ko'rinib turibdiki futbolchiga qandaydir qiziqishlar bor albatta. Balki qolgan futbolchilarimiz o'yinlari ham selektsionerlarga ma'qul kelayotgandir. Balki ba'zi futbolchilarimiz Evropga eksport qilinar. Bu albatta yaxshi "Paxtakor" uchun ham terma jamoalarimiz uchun ham. Kuzataveraylikchi biron narsa bo'lib qolar... 559